O‘zb Рус  
Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Paxtachi tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tumanda bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy tayyorlash bir yillik tizimini rivojlantirish amalda

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi "Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 132-sonli hamda 2022-yil 9-fevraldagi “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 132-sonli qaroriga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 66-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida  Paxtachi tumanida joylashgan 1-2-3-4-sektorlarda o’z faoliyatlari olib borayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilot direktorlari, oilaviy maktabgacha ta’lim muassasa YaTT rahbarlari, davlat xususiy sherikchiligida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari bilan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishning bosh qismida tuman maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri Sh.Qodirova so’zga chiqib yuqoridagi masalalar bo’yicha ma’ruza qildi.

Yig’ilish davomida MTBning DXSH mutaxassisi Sh.Qayumova hamda U.Bobobekovalar so’zga chiqishib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 426-sonli  qarori mazmunini yig’ilish ishtirokchilariga tushuntirib o’tishdilar.


Oxirgi o‘zgarish: 21/09/2022 22:52;   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: https://paxtachimtb.uz/press/news/tumanda-bolalarni-boshlangich-talimga-majburiy-tayyorlash-bir-yillik-tizimini-rivojlantirish-amalda
Chop etilgan vaqti: 01/10/2022 11:37