O‘zb Рус  
Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Paxtachi tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha taʼlim xodimlarining anʼanaviy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

23-avgust kuni 5-Maktabgacha taʼlim tashkilotida Paxtachi tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining "Maktabgacha taʼlim sifati: joriy holati va istiqboldagi vazifalar" mavzusida anʼanaviy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferentsiyani Samarqand viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi B.Kuziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Shundan soʻng, Paxtachi tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri Sh.Qodirova sohada erishilgan yutuqlar va oʻtgan davrda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga toʻxtalib oʻtdi.
Konferentsiyada Samarqand viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi B.Kuziyev, shuba mudirlari, metodistlar D.Eshboʻtayeva, Sh.Qayumova, B.Abdusalomovlar sohaga oid maʼruzalar qilishdi.
Bugungi kunda Paxtachi tumanida 42 ta Davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 179 ta oilaviy Maktabgacha taʼlim muassasalari, 2 ta Davlat xususiy sherikchiligi taʼlim muassasalari faoliyat olib bormoqda.
Paxtachi tumani bogʻcha yoshidagi bolalar qamrovi va bolalar bogʻchasi tizimi boʻyicha Samarqand viloyatida yetakchilik qilib kelmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 04/09/2022 18:06;   Ko‘rilganligi: 28
 
Material manzili: https://paxtachimtb.uz/press/news/maktabgacha-talim-xodimlarining-ananaviy-konferensiyasi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 01/10/2022 10:31