O‘zb Рус  
Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Paxtachi tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bolajonlarning xavfsizligi va sog'ligi biz uchun muhim

Bugun Samarqand viloyati Paxtachi tumani maktabgacha ta'lim bo'limi majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi  hamda Maktabgacha ta'lim vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 196-son O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarining xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarini kuchaytirish bo'yicha yi'g'ilish bo'lib o'tdi. Kun tartibidagi masalalar bo'yicha tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri Sh.Qodirova so'zga chiqib maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari orasida baxtsiz xodisalar, shu jumladan tarbiyalanuvchilarning o'limiga yoki sog'lig'iga tuzatib bo'lmaydigan zarar yetkazilishiga olib keladigan holatlar oldini olish to'g'risida so'zlab o'tdi.

 

Yig'ilish davomida maktabgacha ta'lim bo'limining DXSH mutaxasissi Sh.Qayumova O'zbekiston Respublika maktabgacha ta'lim vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2018-yil 14-maydagi 3012-son "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish bo'yicha yig'lish ishtirokchilariga so'zlab o'tdi. 


Oxirgi o‘zgarish: 16/09/2022 14:47;   Ko‘rilganligi: 59
 
Material manzili: https://paxtachimtb.uz/press/news/bolajonlarning-sogligi-biz-uchun-muhim
Chop etilgan vaqti: 26/09/2022 13:37